Jamiyat

Qarovsiz qoldirilgan xonadonda oʼgʼirlik sodir boʼldi

Uychi tumanida yashovchi,1978yilda tugʼilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, yashash uyida hech kim yoʼqligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, hovlisiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, xonada boʼlgan narxi 2.400.000 soʼmlik «shivaki» rusumli televizorini, narxi 140.000 so‘mlik 1 dona qoʼl soatini hamda 3.000.000 soʼmlik xar-xil turdagi ayollar materiallarini oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʼrishni soʼragan.

Qarovsiz qoldirilgan xonadonda oʼgʼirlik sodir boʼldi

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 2001 yilda tugʼilgan fuqaro K.K va 1997 yilda tugʼilgan S.T lar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat boʼyicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 sentbyarь kuni Oʼz.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Avvalroq, Toshkentda “Spark” avtomashinasini eshigini buzib, pul o‘g‘irlab ketgan ikki o‘smir ushlangani haqida xabar bergan edik.

Qarovsiz qoldirilgan xonadonda oʼgʼirlik sodir boʼldi | Zamon.uz