Jamiyat

Ozodbek Nazarbekov ustozi Muhriddin Xoliqovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan yodga oldi (video)

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov el suygan xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan yodga oldi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali post qoldirdi.

Ozodbek Nazarbekov ustozi Muhriddin Xoliqovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan yodga oldi (video)

 

 

Unda shunday deyiladi.

 

“Olis bolaligimdan qalbimga sanʼatga oshuftalikdek bir otash tushgan ediki, uni jilovlash imkonsiz edi.

Radio, oynai jahon orqali tinglayotganim ijrolar orasidan Muhriddin Xoliqovning qo‘shiqlariga mehrim tushdi. Bu xonish yuragimga juda yaqin edi.

Hayotimni o‘zgartirgan, orzularim ro‘yobi sari yo‘l boshlangan bir baxtli kunda bu inson bilan uchrashdim.

Men sahnani Muhriddin Xoliqov qo‘shiqlari bilan tanidim, shu qo‘shiqlari bilan ulg‘aydim.

Bu inson menga bir ota farzandiga qanday yaxshilik qilishi mumkin bo‘lsa shunday ko‘mak berib, hayot yo‘limni nur kabi yoritdi, odamiylikni o‘rgatdi.

Har bir sanʼatkor hayotlik chog‘ida ham, mangulikka yuz tutgandan so‘ng ham faqatgina xalqi, muxlislari mehr-muhabbati bilan ardog‘ topadi, eʼzozlanadi.

Bugun uning qo‘shiqlari yangrayotgan bir xonadon yoki maskan borki, demak Muhriddin Xoliqov nomi mangu BARHAYOT, qo‘shiqlari mudom va abad SEVIMLI bo‘lib qolajak!

Ustozimning birgina qo‘shig‘ini sevib tinglagan bo‘lsangiz, demakki, siz ham muxlissiz. O‘ylaymizki, ustozimning haqqiga qo‘l ochib duo kilib qo‘yishdan aslo og‘rinmaysiz!”

Ozodbek Nazarbekov ustozi Muhriddin Xoliqovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan yodga oldi (video) | Zamon.uz