Jahon

“Tolibon”: Panjsher to‘liq egallandi

Panjsher viloyati to‘liq toliblar nazoratiga o‘tdi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid maʼlum qildi.

“Tolibon”: Panjsher to‘liq egallandi

 

 

“Yollanma dushmanlarning so‘nggi qarorgohi, Panjsher viloyati egallandi. Mamlakatda xavfsizlik o‘rnatishga qaratilgan oxirgi harakatlar  o‘z samarasini berdi va Panjsher Afg‘oniston Islom Amirligining to‘la nazoratiga o‘tdi”, degan Mujohid o‘z “Tvitter” sahifasida.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, isyonchilarning akcariyati janglarda o‘lgan, baʼzilari qochib ketgan. Toliblar Panjsher aholisini taʼqib qilmaslikka vaʼda bergan.

 

Bundan avval Milliy Qarshilik fronti yetakchilari Amrulla Solih va Ahmad Masʼud Afg‘onistonni tark etgani xabar qilingan edi. Ammo Masʼud tarafdorlari uning Panjsherda ekanini aytmoqda. Qo‘mondonning o‘zi Panjsherga qarshi toliblar emas, Pokiston armiyasi va razvedkasi urush olib borayotganini taʼkidladi. Baʼzi manbalar buni tasdiqlagan. Xususan, Pokiston maxsus kuchlari viloyatga kirib kelgan. Islomobod harbiy-havo kuchlari dronlari boshqariladigan raketalar bilan zarba bergan.

 

5 sentyabr kuni Ahmad Masʼud “Tolibon” hujumni to‘xtatgan taqdirda muzokaralarga tayyorligini aytgan. Ammo bu taklifni toliblar rad etdi. Keyinchalik Qarshilik fronti tinchlik muzokaralari haqida  deklaratsiya ham eʼlon qilgandi

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"