O'zbekiston

Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekistonga keladi

Turkmaniston Prezidenti yaqin orada O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekistonga keladi

 

 

Gurbanguli Berdimuhammedov yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Berdimuhammedov bu haqda videoselektorda aytib o‘tgan.

 

Turkmaniston rahbari bosh vazir o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyevga keyingi haftada o‘tkaziladigan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma o‘zbek-turkman komissiyasi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston tomoni bilan imzolanishi kutilayotgan bitimlarni muhokama qilishga topshiriq bergan.

 

“Bugun  do‘stlik, birodarlik, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan o‘zaro hamkorlik intensivligi bilan ajralib turadi. Yuqori darajada o‘tgan  uchrashuv va muzokaralarda erishilgan kelishuvlar hamda istiqbolda belgilangan rejalar o‘zbek-turkman munosabatlarini o‘zaro manfaatlarga javob beradigan yangi bosqichga olib chiqadi”, – degan Berdimuhammedov.

 

Maʼlumot o‘rnida: Turkmaniston Prezidenti so‘nggi marta 2019 yil noyabrida O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yil avgustida Turkmanistonning “Avaza” turistik majmuasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo prezidentlari maslahat uchrashuvida ishtirok etgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.