Jamiyat

«Onlayn maktab» darslari uchun alohida telekanallar ajratildi

2021-2022 o‘quv yilida “Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslari Milliy teleradiokompaniyaning alohida telekanallari orqali berib boriladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar qildi.

«Onlayn maktab» darslari uchun alohida telekanallar ajratildi

 

 

Taʼkidlanishicha, ushbu telekanallarni televizordan topish uchun “avtoqidiruv” (avtopoisk) tugmasini bosish lozim. Telekanallar ro‘yxatida “1-4-sinflar”, “5-8-sinflar”, “9-11-sinflar” telekanallari paydo bo‘ladi

 

"Onlayn maktab" loyihasi orqali vaqtincha maktabga bormayotgan bolalar darslarini o‘zlashtirib borishlari mumkin.

 

Qayd etilishicha, mazkur darslar Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy kanali orqali ham "Onlayn maktab" loyihasi berib boriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq anʼanaviy shaklda boshlangan, vaqtincha yopilgan maktablar uchun esa teledarslar ham yo‘lga qo‘yilgan.

 

Avvalroq, Xalq taʼlimi vazirligi yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishi hamda maktablarda gibrid taʼlimdan voz kechilib hamma anʼanaviy o‘qishi haqida xabar berilgandi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"