Jahon

“Afg‘oniston Islom jamiyati”: “Tolibon”ning yangi hukumati mamlakatdagi inqirozni yana-da chuqurlashtiradi

“Afg‘oniston Islom jamiyati” partiyasi bayonotiga ko‘ra, “Tolibon”ning yangi hukumati mamlakatdagi inqirozni yana-da chuqurlashtiradi.

“Afg‘oniston Islom jamiyati”: “Tolibon”ning yangi hukumati mamlakatdagi inqirozni yana-da chuqurlashtiradi

 

 

Bunga hukumat aʼzolarining asosan pushtunlardan iboratligi asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. “Tolibon” tomonidan hokimiyatning monopollashuvi Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga olib kelmaydi. Balki mamlakatdagi inqirozni chuqurlashtiradi hamda o‘nglab bo‘lmas oqibatlarga olib keladi”, - deyiladi bayonotda.

 

Partiya mavjud vaziyatdan chiqish borasida bir qancha takliflar bergan. Buning uchun, eng avvalo, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlar ishtirokida Afg‘onistonda inklyuziv demokratiyani shakllantirishning yo‘l xaritasini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlangan. Shu bilan birga ijtimoiy adolatni taʼminlash va asosiy huquqlarni himoya qilish muhimligi qayd etilgan.

 

Partiya xalqaro hamjamiyat yangi hukumatni tan olmasliligiga umid bildirgan. Chunki unda Afg‘onistondagi barcha etnik va diniy guruhlar manfaati hisobga olinmagan.

 

7 sentyabr kuni “Tolibon” Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qildi. Uning barcha aʼzolari toliblardan iborat. Harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid bu vaqtinchalik hukumat ekanini maʼlum qilgan.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.