Jahon

“Tolibon”ning ichida o‘zaro nizolar mavjud. Bu Afg‘onistondagi vaziyatni yana-da keskinlashtirishi mumkin

7-sentyabr kuni “Tolibon” yangi hukumat tuzilganini eʼlon qildi.

“Tolibon”ning ichida o‘zaro nizolar mavjud. Bu Afg‘onistondagi vaziyatni yana-da keskinlashtirishi mumkin

 

Uning tarkibini toliblardan iborat. Harakat rasmiy vakili, Afg‘onistonning yangi madaniyat va axborot vaziri Zabihullo Mujohid bu vaqtinchalik hukumat ekanini maʼlum qilgan.

 

Hukumat tuzilganini, hozircha, hech qaysi davlat tan olgani yo‘q. Jahon hamjamiyati Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzilishi shart ekanini taʼkidlamoqda.

 

Baʼzi ekspertlarning fikricha, yangi vazirlar tayinlanishi va Afg‘oniston oliy rahbari eʼlon qilinishi mamlakatda toliblar hukmronligi mustahkamlanishini anglatmaydi. Aksincha, hozirda ko‘pchilik “Tolibon” hokimiyati tez orada o‘ta zaiflashib qolishini taxmin qilmoqda.

 

Bunga bir qancha omillar sabab bo‘lishi mumkin.

 

Birinchidan, hukumat Afg‘onistondagi barcha etnik va diniy guruh vakillarini qamrab olmagan. Ularning mutlaq ko‘pchiligi pushtunlardan iborat. Ammo mamlakatda pushtunlardan tashqari tojiklar, o‘zbeklar, xazoralar va boshqa millatlar yashaydi. Asta-sekinlik bilan noinklyuziv hukumat boshqa etnik birliklar noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Ikkinchidan, “Tolibon” Afg‘onistondagi eng yirik siyosiy kuch bo‘lsa-da, boshqa guruhlarni ham esdan chiqarmaslik zarur. Masalan, sobiq prezident Hamid Karzayning mamlakatda katta mavqei bor. Shuningdek, u butun dunyoda ulkan obro‘ga ham ega. Karzay istalgan paytda mamlakatdagi siyosiy vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

 

Gulbiddin Hikmatiyor ham Afg‘oniston hayotida muhim shaxslardan biri. Uni Islomobod bilan uzoq yillik hamkorligi bor. Baʼzi xabarlarga ko‘ra, Pokistonning u bilan aloqalariga putur yetgan. Ammo bu qay darajada haqiqatligi nomaʼlum.

 

Uchinchidan, mamlakatda fuqarolar urushi avj olib ketishi mumkin. Bu eng xavfli ssenariy. Ahmad Masʼud boshchiligidagi qarshilik kuchlari yengilgani kurashning yakunlanganini anglatmaydi. Buni Masʼudning o‘zi ham taʼkidlagan. Uning bayonoti ortidan butun mamlakatda namoyishlar boshlanib ketdi. Shuning o‘ziyoq toliblar hokimiyati mustahkam emasligini anglatadi. To‘g‘ri, Masʼud xuddi otasi kabi yirik kuchga aylana olmasligi mumkin. Lekin turli viloyatlarda partizanlik urushini olib borishi taxmin qilinyapti.

 

“Tolibon”ning mamlakatdagi mavjud iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni hal qila olishi katta so‘roq ostida. Sababi, buning uchun ularda malakali kadrlar yo‘q. Inqiroz chuqurlashishi ortidan norozilar soni ham ortib boraveradi.

 

“Tolibon”ning ichida ham o‘zaro nizolar mavjud. Masalan, Mulla Barodar boshchiligidagi siyosiy qanot va “Haqqoniy tizimi” boshchiligidagi harbiy qanot o‘rtasida kelajakda bo‘linish yuz berishi mumkin. Bu harakatning ichki nizolar girdobiga tushib qolishiga olib keladi.

 

Afg‘oniston uchun eng maqbul loyiha-bu inklyuziv hukumat tuzilishidir. Bu orqali mamlakatdagi 40 yillik urushga barham berish va barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tish mumkin.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"