O'zbekiston

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi - Shavkat Mirziyoyev

Shuningdek, 3 ming kilometr ichki yo‘llar yangilanadi, 10 ta zamonaviy ko‘prik quriladi. Toshkentning oqova tizimi shahar hududidan tashqariga chiqarilib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi tozalash inshooti barpo etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida maʼlum qildi.

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi - Shavkat Mirziyoyev

 

 

Kelgusi besh yilda Yangi Toshkent shahrini barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirish bosqichma-bosqich boshlanadi.

 

Butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etiladi. Hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt ko‘chatlari ekiladi.

 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida kamida 50 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo etiladi.

 

 

Bundan tashqari, shaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun jamoat parklari tashkil etiladi.

 

Shu bilan birga, daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan buyon, parklar va yashil zonalar hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qatʼiyan taqiqlanadi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida shahar va tuman markazlarida kamida 2tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etilishini taʼkidlagandi.

 

Avvalroq kasbiy taʼlim bilan tizimli shug‘ullanish masalalar, to‘liq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida to‘ldirish xavfsizlik talablariga zid.

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

Qo‘lga olingan fuqaro qimmatbaho metallar savdosi uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

So‘nggi uch yilda 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishga yuborilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.