Jahon

AQSHsiz biz Afg‘onistonda qola olmasdik — NATO Bosh kotibi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning fikricha, mahaliiy hokimiyatning barbod bo‘lishi Afg‘onistonning toliblar qo‘liga o‘tishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda “New York Times” xabar berdi.

AQSHsiz biz Afg‘onistonda qola olmasdik — NATO Bosh kotibi

 

 

"Biz siyosiy va harbiy hokimiyat parokanda bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. Bu, o‘z navbatida, “Tolibon”ga qarshi butun mudofaa tizimini barbod qildi", – degan Stoltenberg.

 

AQSH va NATOning Afg‘onistonni tark etishi hukumat qulashini tezlashtirib yubormadimi, degan savolga: "bu kelajakda o‘tkaziladigan tadqiqotlarga mavzu bo‘lib xizmat qiladi", deb javob bergan. "Hozirda men uchun eng muhimi – terrorizmga qarshi kurashda erishilgan yutuqlarni saqlab qolish va odamlarni Afg‘onistondan olib chiqish",–deya qo‘shimcha qilgan Stoltenberg.

 

NATO Bosh kotibi Vashington qo‘shinlarni olib chiqishda ittifoqchilar bilan maslahatlashganini taʼkidlagan. Uning fikricha, NATOning boshqa aʼzolari AQSHsiz  harbiy operatsiyani amalga oshira olmasdi. Chunki bunday holatda Yevropa davlatlarining armiya uchun parlamentdan katta mablag‘ va vositalarga ruxsat olishi oson emas.

 

15 avgust kuni  Afg‘onistonda hokimiyat toliblar qo‘liga o‘tdi. Shundan keyin AQSH va G‘arb davlatlari  fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonliklar evakuatsiya qilindi.

 

“Tolibon” bo‘ysundirmagan yagona viloyat Panjsher edi. Ammo sentyabr boshida bu hududning katta qismi harakat nazoratiga o‘tdi. Hozirda viloyatda qarshilik harakati davom etmoqda.

 

“Tolibon” 7 sentyabr kuni yangi hukumat tarkibini eʼlon qildi. Hozirda Afg‘oniston oliy rahbari etib Haybatullo Ohunzoda tayinlangan.

 

Avvalroq NATO afg‘on qochqinlariga yordam berish maqsadida maxsus kuchlarni jalb qilgani maʼlum bo‘lgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

BAAda jangni videoga olgan ikki kishi ham olti oyga qamalib, 300 ming dirhamdan jarimaga tortildi.

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Husiylar Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va Sharqiy-G‘arbiy neft quvuridagi nasos stansiyasiga ham hujum qilganini da’vo qilmoqda.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.