Jamiyat

2021-yil boshidan buyon Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmatiga 700 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan

2021-yil boshidan buyon Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmatiga 700 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

2021-yil boshidan buyon Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmatiga 700 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2021 yilning besh oyi mobaynida so‘rovlarning umumiy soni to‘rt milliondan oshdi, 1,1 milliondan ortiq bemorga statsionar muassasalarda yordam ko‘rsatildi.

 

Qayd etilishicha, butun dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham pandemiya munosabati bilan tez yordamga qo‘ng‘iroqlar ko‘paygan.

 

2021 yil boshidan 28 avgustgacha Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmatiga poytaxt aholisi va mehmonlaridan jami 721 353 ta qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Ulardan 28,579 ta bemor koronavirus bilan kasallangan deb gumon qilingan, ulardan 26607 tasi kattalar va 1972 tasi yosh bolalardir.

 

Hozirda “103” shahar call-markazi har kuni o‘rtacha 3200 dan 3500 gacha qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatadi, ularga 40 operator javob beradi va “MedData-103” avtomatlashtirilgan tizimi yordamida tez tibbiy yordam guruhlarining planshetlariga o‘tkaziladi.

 

Poytaxt tez tibbiy yordam guruhlarida har kuni 300 ga yaqin tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatmoqda. Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmatining 12 ta podstansiyalarida 250 ta guruh va 2,5 mingga yaqin shifokorlar, hamshiralar va haydovchilar ishlaydi.

 

Xabarda aytilishicha, barcha tez tibbiy yordam guruhlari shaxsiy himoya vositalari bilan to‘liq jihozlangan, shuningdek, yetarli zaxiralar bilan taʼminlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar 700 dan oshgandi hamda Toshkentda tez yordamga bir kunda 45 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushmoqda.

2021-yil boshidan buyon Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmatiga 700 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan | Zamon.uz