Jamiyat

1-oktabrdan barcha davlat organlari va hokimliklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

1-oktabrdan barcha davlat organlari va hokimliklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

 

 

«Prezident qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilishi belgilangan.

Nazorat tuzilmalari o‘z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga bo‘ysunadi, bu mazkur tuzilmalarning mustaqil ravishda faoliyat yuritishini taʼminlaydi».

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

1-oktabrdan barcha davlat organlari va hokimliklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz