Jamiyat

Sirdaryoda ayol kishining yoqib yuborilgan jasadi topildi — qotillar qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan yoqib yuborilgan ayol jasadi topilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Sirdaryoda ayol kishining yoqib yuborilgan jasadi topildi — qotillar qo‘lga olindi

 

Unga ko‘ra, joriy yilning 10-sentabr kuni soat 13:50 larda Mirzaobod tumani, Dehqonobod mahallasi hududidagi dala maydoni chetidagi jing‘il butalari orasidan ayol jinsiga mansub, yoqib yuborilgan holdagi jasad topilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, nomaʼlum murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Shuningdek, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslar S.K, hamda uning jinoiy sheriklari L.K, S.M, V.D va J.Mlar ekanligi aniqlanib, ular ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

 

"Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “J” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fotihasi buzilgani uchun o‘z joniga qasd qilgan qizning jasadi hamon qidirilayotgani hamda Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan sel hodisasi  najidasida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.

Sirdaryoda ayol kishining yoqib yuborilgan jasadi topildi — qotillar qo‘lga olindi | Zamon.uz