Sport

Sulsher: «Yashirmayman, Ronaldu baʼzan asosiy tarkibda o‘ynamasligi mumkin»

«Manchester Yunayted» jamoasi murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Sulsher: «Yashirmayman, Ronaldu baʼzan asosiy tarkibda o‘ynamasligi mumkin»

 

 

Uning aytishicha, 36 yoshli portugaliyalik baʼzan asosiy tarkibda o‘ynamasligi mumkin.

 

«Gap shundaki, Ronaldu o‘z ustida ko‘p ishlaydi. Uning tez orada yuqori formaga kirishi va klubga moslashib ketishiga ishonaman. Qolaversa, Krish jamoaga mavsum oldidan o‘tdi.

Jamoada hammaning birdek harakat qilishi muhim. U ham debyutida 90 daqiqa o‘ynadi va o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Bizni seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «Yang Boyz» bilan muhim uchrashuv kutib turibdi. Qarorlarimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi va o‘ylashga majburmiz. Yashirmayman, “KriRo” baʼzida zahirada bo‘lishi mumkin. Chunki uni 36 yoshda ekanligini unutmasligimiz kerak.

Meson Grinvudga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lamiz. Chunki u endi 19 yoshga to‘ldi. Men bu ikki o‘yinchiga ham imkoniyat yaratib berish uchun harakat qilishim kerak»,— deydi «Qizil iblislar» bosh murabbiyi.

 

Maʼlumot uchun: Ronaldu “qizillar” safidagi ikkinchi debyutida 90 daqiqa maydonda harakat qildi va ikki gol urib, o‘z nomiga dubl rasmiylashtirishga erishdi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Massimiliano Allegrining Ronaldu haqidagi fikrlarini taqdim etgan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"