“Yangi O‘zbekiston Strategiyasi” — ertangi kunga ishonch, orzu-niyatlar ro‘yobi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston Strategiyasi” nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.

“Ayni vaqtda el-yurtimiz bizdan yangi reja va dasturlarni amalga oshirishni kutmoqda. Xalqimizning ana shunday ishonchi va orzu-niyatlari, ezgu umidlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida:
— yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash; fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash; xalqimizning maʼnaviy dunyosini yana-da yuksaltirish;
— O‘zbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli taʼlim bilan taʼminlash;
— kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish;
— mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori va nufuzini oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasini ishlab chiqdik.
Bugun sizlarga taqdim etilgan shu nomli kitobda ushbu Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil fikr yuritilgan” deyiladi kitobning kirish qismida.
Bahriniso Madumarova







