O‘zbekistonda yana 531 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi
O‘zbekistonda 13-sentabr kuni 531 kishida koronavirus qayd etilib, koronavirus rasman tasdiqlanganlar soni 165 421 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.


Yangi kasallanish holatlarining
-
14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
-
19 nafari Andijon viloyatida,
-
10 nafari Buxoro viloyatida,
-
13 nafari Jizzax viloyatida,
-
9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-
4 nafari Navoiy viloyatida,
-
17 nafari Namangan viloyatida,
-
41 nafari Samarqand viloyatida,
-
22 nafari Sirdaryo viloyatida,
-
8 nafari Surxondaryo viloyatida,
-
55 nafari Farg‘ona viloyatida,
-
12 nafari Xorazm viloyatida,
-
93 nafari Toshkent viloyatida,
-
214 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu kuni jami 620 kishi: Buxoro viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 34 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Jizzax viloyatida 58 nafar, Surxondaryo viloyatida 23 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 nafar, Xorazm viloyatida 20 nafar, Toshkent viloyatida 126 nafar, Toshkent shahrida 248 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 157 759 nafarga yetdi.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1164 nafarni tashkil qildi.







