Qashqadaryoda sigir 4 metrli quduqqa tushib ketdi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida quduqqa tushib ketgan sigir qutqarib olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.


Qayd etilishicha, 2021 yilning 11 sentyabr kuni soat 01:00 da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 1050 qisqa raqami orqali Shahrisabz tumani “Pillakashlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgani hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib bordi.
Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olindi.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida chuqurligi 5 metr bo‘lgan quduqqa sigir tushib ketgani haqida xabar berilgandi.







