Jahon

Termizda Afg‘onistonga yordam berish maqsadida maxsus logistik markaz tuzildi

Termizda Afg‘onistonga yordam berish maqsadida maxsus logistik markaz tuzildi. Bu haqda BMT maʼlum qilgan.

Termizda Afg‘onistonga yordam berish maqsadida maxsus logistik markaz tuzildi

 

 

Xabarda aytilishicha, Afg‘onistondagi so‘nggi hodisalar ortidan Butunjahon oziq-ovqat dasturining Pokiston, Tojikiston va O‘zbekistondagi punktlarida eng zaruriy tovarlarning zahirasi ko‘paytirilgan.

 

Bu mahsulotlarning barchasi Afg‘onistonga yuboriladi. Xususan, Pokistondagi  “Torxam” nazorat punkti orqali so‘nggi uch haftada gumanitar yordam ortilgan 2 kolonna jo‘natilgan. 13 sentyabr kuni esa BMT Qochqinlar masalasi Oliy Komissari boshqarmasi Nangarhor viloyatiga yordam yuborgan.

 

Jahon hamjamiyati Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatdan xavotirda. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 97 foiz afog‘onistonlik qashshoqlik yoqasida turibdi. 14 million fuqaroga esa ochlik xavf solmoqda. BMT Jenevada tashkil etilgan yig‘ilishda Afg‘oniston uchun 1 milliard  dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini eʼlon qilgan. 14 sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi afg‘on xalqiga qo‘shimcha 100 million yevro yordam  berishini eʼlon qildi.

 

14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Afg‘onistonga 1 ming 300 tonna mahsulot yubordi. Balx viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilaganini eʼlon qildi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.