Jamiyat

Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum o‘z ishini boshladi

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xiva shahrida tashkil etilayotgan “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” madaniy forumi doirasida o‘tgan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining kongressida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarga va ayniqsa madaniy meros va maʼnaviyatga davlat miqyosida berilayotgan ulkan eʼtibor alohida eʼtirof etilgani haqida xabar bergan edik.

Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum o‘z ishini boshladi

 

 

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida YUNESKO bilan hamkorlikda 2021 yilda Xiva shahrida «Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» mavzusida xalqaro forum o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi. Bugun ushbu xalqaro forum Xiva shahrida yangi barpo etilgan “Farovon” mehmonxonasida o‘z ishini boshladi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga tabrigini o‘qib eshittirdi.

 

 

Bundan avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘llagani haqida xabar berilgandi.

Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum o‘z ishini boshladi | Zamon.uz