Jamiyat

Yagona portal my.gov.uz orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish boshlandi

Yagona portal my.gov.uz orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish boshlandi.

Yagona portal my.gov.uz orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish boshlandi

 

 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ga ruxsatnoma olish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda portalning telegram kanalida maʼlum qilindi.

 

YAIDXP orqali ruxsatnoma olish narxi belgilangan miqdorning 90 foizini tashkil qiladi. Masalan, orqa oynalarni qoraytirish jismoniy shaxslarga 5 emas, balki 4.5 BXM etib belgilandi (1,35 mln so‘m o‘rniga 1,215 mln). To‘liq qoraytirish (old va orqa yon oynalar) 50 emas, 45 BXM (13,5 mln so‘m o‘rniga 12,15 mln) bo‘ladi.

 

Ruxsatnoma — QR- kodli elektron sertifikat to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab 2 soat ichida beriladi. U elektron va qog‘oz shaklda taqdim etiladi. 

 

Xizmatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin.

 

Bundan avvalroq, 1-oktabrdan “tonirovka” narxi arzonlashgani haqida xabar berilgandi.

Yagona portal my.gov.uz orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish boshlandi | Zamon.uz