Jamiyat

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo issiq bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot taqdim etdi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo issiq bo‘lishi kutilmoqda

 

 

Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha quyoshli va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari termometr ko‘rsatkichi 35-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlar meʼyoridan 2-4 darajaga yuqori bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kundan Volgabo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuniga kelib, havo harorati 30-33 daraja issiqqacha, Ustyurtda 23-26 daraja issiqqacha pasayadi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

Yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35 daraja issiqqacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 22-27 daraja issiqqacha pasayadi.

 

Keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon taʼsiri kuchayadi. Butun hududda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy meʼyorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13 daraja iliqni, kunduz kunlari 26-29 daraja issiqni tashkil etadi, deyiladi “O‘zgidromet” xabarida.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo issiq bo‘lishi kutilmoqda | Zamon.uz