Bugun O‘zbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turadi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quyoshli va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarida baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.


Qayd etilishicha, havo harorati 32-37 daraja issiqni tashkil etadi, Ustyurtda harorat 23-28 daraja issiqqacha pasayishi kutilmoqda.
Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Havo harorati 35-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Tog‘li hududlarda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30 daraja issiqni tashkil etadi.
Avvalroq, “O‘zgidromet” dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot bergandi.







