Jamiyat

“Malika” savdo majmuasida maxsus kuchlar yuribdi. Toshkent IIBB izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Malika” savdo majmuasida niqoblangan maxsus kuchlar yurgani aks etgan videolar tarqaldi.

“Malika” savdo majmuasida maxsus kuchlar yuribdi. Toshkent IIBB izoh berdi

 

 

Mazkur videoda maxsus kuchlar otryadlari savdo majmuasi va undagi do‘konlarda yurganini ko‘rish mumkin.

 

Toshkent shahar IIBB ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Shayxontohur tumanida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi ijrosi doirasida hamda jamoat tartibini taʼminlash, jinoyatlarning oldini olish, giyohvandlik vositalarining tarqalishiga barham berish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Malika” savdo majmuasida maxsus kuchlar yuribdi. Toshkent IIBB izoh berdi | Zamon.uz