O‘zbekistonda yana 600 ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi, 5 nafar bemor vafot etdi
So‘nggi kecha-kunduzda yurtimizda qariyb yana 600 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 5 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.


Qayd etilishicha, 2021 yil 17 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167858 (+590) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
14 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
17 nafari Jizzax viloyatida,
4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
5 nafari Navoiy viloyatida,
11 nafari Namangan viloyatida,
51 nafari Samarqand viloyatida,
11 nafari Sirdaryo viloyatida,
19 nafari Surxondaryo viloyatida,
55 nafari Farg‘ona viloyatida,
20 nafari Xorazm viloyatida,
112 nafari Toshkent viloyatida,
228 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 82 nafar,
Andijon viloyatida 14 nafar,
Buxoro viloyatida 5 nafar,
Jizzax viloyatida 40 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
Navoiy viloyatida 6 nafar,
Namangan viloyatida 35 nafar,
Samarqand viloyatida 65 nafar,
Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
Farg‘ona viloyatida 61 nafar,
Toshkent viloyatida 224 nafar,
Toshkent shahrida 298 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 161275 (+854) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1184 nafarni tashkil qildi.







