Samaradagi yurtdoshlarimizning murojaati ijobiy hal etildi
Yurtdoshlarimizning pasportlari olib berildi, ish haqi to‘liq to‘lanishi nazoratga olindi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga Chernorechye tumanida joylashgan issiqxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari murojaat kelib tushgan. Murojaat issiqxonaga borib, o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, yurtdoshlarimiz issiqxonaga og‘zaki kelishuv asosida kelgan va mehnat shartnomasi tuzilmagani. Shuningdek, hujjatlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilib, ularning kamida 1 oylik ish haqi (40 ming rubl) ushlab qolingan.
Vakolatxona mas’ullari tomonidan ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilib, fuqarolarning pasportlari olib berildi va oylik maoshlari to‘liq to‘lanishi nazoratga olindi.







