Jamiyat

Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida erkak o‘z xonadonida eshak so‘yib sotayotgani haqidagi xabar shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotgan erkakka sud hukmi o‘qildi

 

 

Ana shu ish bo‘yicha Qarshi shahar sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazilgan. Aybdor X.J. sudda  go‘shtni pul evaziga itlar uchun yetkazib berganini, qilmishidan pushaymon ekanini aytib, yengillik so‘ragan.

 

 Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergov-surishtiruv tadbirlari natijasida fuqaro X.J Jinoyat Kodeksining 186-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga ahloq tuzatish jazosi tayinlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkent viloyatining Keles shahrida itlar so‘yib sotilayotgani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmagani va so‘yilgan go‘sht cho‘chqaniki bo‘lib chiqqani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, birlamchi veterinariya hujjatlariga ega bo‘lmagan 2254 kg.   go‘sht mahsulotlari Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida to‘xtatib qolingan edi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotgan erkakka sud hukmi o‘qildi