Jamiyat

Savob umidida sharʼiy nikoh o‘qigan chala mulla 15 sutkaga qamaldi

Bugungi kunda FHDYO tomonidan berilgan hujjatga ega bo‘lmagan shaxslarga sharʼiy nikoh o‘qigan har qanday mulla yoki imom-xatib jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida qatʼiy ogohlantirilganiga qarаmay nikohni savob  yoki  bir oz mablag‘ umidida  o‘qib qo‘yayotganlar uchramoqda.

Savob umidida sharʼiy nikoh o‘qigan chala mulla 15 sutkaga qamaldi

Sud yoki FHDYO organlari tomonidan ajrim to‘g‘risida qaror qabul qilinmasdan turib, boshqa bir ayol bilan noqonuniy ravishda sharʼiy nikoh o‘qilayotgani  oilalar buzilishi, ajrimlar soni  oshishiga  sabab bo‘lmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi tomonidan imom-xatiblar, mahalla raislari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida  sayyor sud o‘tkazildi.

Sudda  sartaroshxonada  sharʼiy nikohdan o‘tib xotinlikka daʼvo qilgan E.A, xotin ustiga xotin olgan,  ayni paytda 4 ayolga uylangan “eri” K.U. ga nisbatan  qonuniy jazo so‘radi.  K.U. o‘ziga nisbatan bildirilgan daʼvolarning hech birini rad etmadi.   

Surishtiruv jarayonida maʼlum bo‘lishicha, sartaroshxonada nikoh o‘qigan  K.K ning  hech qanday diniy maʼlumoti bo‘lmagan. U bu ishni   savob umidida qilgan. Lekin bu unga qimmatga tushdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman sudi soxta mullaga 15 sutka  qamoq jazosi tayinladi.

 

Avvalroq, Qamashida noqonuniy sharʼiy nikoh o‘qigan ayol va uch erkak jazolangani haqida xabar bergan edik. 

Savob umidida sharʼiy nikoh o‘qigan chala mulla 15 sutkaga qamaldi | Zamon.uz