Jamiyat

Bugun O‘zbekistonda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi

Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.

Bugun O‘zbekistonda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi

 

 

Qayd etilishicha, 23 sentyabrda kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shimolda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduz kuni termometr ustuni 28-33 daraja issiqqacha ko‘tariladi

 

Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Havo 28-30 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

 

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"