Jahon

Germaniyada mijoz 20 yoshli yoqilg‘i quyish shoxobchasi kassirini niqob taqishni talab qilgani uchun otib o‘ldirdi

Germaniyaning Reynland-Pfalts federal shtatining Idar-Obershteyn shahrida shoxobchaga kelgan mijoz 20 yoshli yoqilg‘i quyish shoxobchasi kassirini niqob taqishni talab qilgani uchun  otib o‘ldirdi. Bu haqda “DW” mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.

Germaniyada mijoz 20 yoshli yoqilg‘i quyish shoxobchasi kassirini niqob taqishni talab qilgani uchun otib o‘ldirdi

 

 

Tafsilotlarga ko‘ra, 49 yoshli erkak yoqilg‘i quyish shoxobchasiga kelgan. Kassir jamoat joylarida niqob taqish talabini eslatib, unga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortdi.

 

Shundan so‘ng mijoz uyiga borib to‘pponchasini olgan va yonilg‘i quyish shoxobchasiga qaytgan. Bu gal u tibbiy niqobda borib, kassa oldida atay  niqobini yechadi. Kassir unga yana tanbeh berganida, mijoz yigitni otib tashlagan. Prokuraturaning xabar berishicha, mijoz "qurbonning boshiga qasddan o‘q uzgan".

 

Mijoz keyin  jinoyat sodir bo‘lgan joydan qochib ketadi va ertasi kuni ertalab  xotini hamrohligida politsiya bo‘limiga kelib, qilgan ishini tan oladi. Tergov paytida u karantin cheklovlariga qarshi ekani, pandemiya tufayli psixologik tazyiqqa uchragani va norozilik bildirishning "boshqa yo‘lini topolmaganini" tushuntirgan.

 

Erkak hozirda hibsga olingan.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.