O'zbekiston

Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori kamaytirilishi mumkin

O‘zXDP fraksiyasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori kamaytirilishi mumkin

 

 

Ushbu qonun loyihasida fuqarolarning eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori pasaytirilgani aytilmoqda.

 

O‘zXDP fraksiyasining bir guruh deputatlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan avtotransport vositalarini boshqarishda yo‘llarda belgilangan tezlikka rioya etilishini radarlar, shuningdek, statsionar va ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda nazorat qilinishi o‘rganilganida fuqarolarimiz tomonidan qo‘llanilayotgan jarimalar yuqori ekanligi bo‘yicha haqli eʼtirozlar bildirilgan.

 

Shundan kelib chiqib, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1283-moddasi ikkinchi qismi sanksiyasidagi jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (hozirda 5 baravar) qilib belgilash bo‘yicha taklif bildirilgan.

 

Shuningdek, jarimalar aholining real daromadlaridan kelib chiqib belgilanishi bo‘yicha yana bir qator takliflar berib o‘tilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha jarimalar miqdori kamaytirilayotgani hamda 1 oktyabrdan tonirovka narxi arzonlashishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Prezident bugun Buxoroga boradi

Prezident bugun Buxoroga boradi

Davlat rahbari tashrif davomida tarixiy meros, turizm, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalar bilan tanishadi.

Toshkentda qozog‘istonlik futbol festivali ishtirokchilari zaharlandi: 17 kishi shifoxonada

Toshkentda qozog‘istonlik futbol festivali ishtirokchilari zaharlandi: 17 kishi shifoxonada

11 bola va 6 katta yoshli kishi oziq-ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Farg‘onada Departament tergovchisi pora olganlikda gumonlanmoqda.

100 va 200 ming so‘mlik soxta kupyuralar: Angrenda qalbaki pul tayyorlovchilar qo‘lga olindi

100 va 200 ming so‘mlik soxta kupyuralar: Angrenda qalbaki pul tayyorlovchilar qo‘lga olindi

Ushbu shaxslar muqaddam sudlangan bo‘lgan.

Poytaxtda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: asosiy sabablar ma’lum qilindi

Poytaxtda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: asosiy sabablar ma’lum qilindi

3-noyabrga o‘tar kechasi Toshkentda havo ifloslanishi kuchayishi mumkin.

Narkotik savdosi: transmilliy jinoiy uyushma a’zolari ushlandi

Narkotik savdosi: transmilliy jinoiy uyushma a’zolari ushlandi

Qo‘lga olingan shaxslar bir yildan buyon O‘zbekiston hududida giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.