Toshkent xalqaro kinofestivalida mashhur rejissyor ishtirok etishi kutilmoqda
Kinofestival 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va unda 400 ga yaqin kinonamоyаndalar ishtirok etadi.


Toshkentda 23-sentyabr kuni "Ipak yo‘li marvaridi" xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tadbirda festivalda ishtirok etishi kutilayotgan mashhur kinoijodkorlar haqida maʼlumot berildi.
Кinofestival 28-sentyabr – 3 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 400 ga yaqin kinonamoyandalar ishtirok etadi. Ular qatorida 2014-yilda nufuzli "Kan" kinofestivali g‘olibi, "Оltin palma yaprog‘i" sovrindori Nuri Bilge Jeylan ham bor.
Shuningdek, festivalda rossiyalik rejissyor va prodyuser, Gollivud kino olamida mashhur ijodkor Timur Bekmambetov ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkent xalqaro kinofestivali g‘oliblariga topshiriladigan nominatsiyalar ochiqlangan edi.
Cho‘lponoy Ahmedova







