Jamiyat

Jizzaxda molxona devori oralig‘idan tarixiy miltiq topildi

Jizzax shahar “Obod” mahallasida yashovchi fuqaro turar joyi ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda hojatxona shiftidan noqonuniy ravishda saqlanayotgan ov quroli topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB аxborot xizmati maʼlum qildi.

Jizzaxda molxona devori oralig‘idan tarixiy miltiq topildi

 

 

O‘tkazilgan ekspertizada otish uchun yaroqli bo‘lgan 2 stvol, 12 kalibrli TOZ 34 rusumli ov quroli 1974-yilda ishlab chiqarilgani aniqlandi. Xonadon egasi qurol marhum otasiga tegishli ekanini aytgan.

 

Maʼlum qilinishicha, ov qurolini uyida noqonuniy saqlagani va ichki ishlar organlariga o‘z vaqtida topshirmagani uchun fuqaroga endi qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

 

Miltiq bilan bog‘liq yana bir holat Forish tumanining “Gardishi” mahallasida ham ro‘y berdi. Fuqaro I.U. hovlisidagi molxonani buzayotganida eski devor orasidan 1959-yilda ishlab chiqarilgan TOZ rusumli 1 stvolli 12 kalibrli miltiq topib oladi. Lekin u bu haqda darhol IIOga maʼlum qiladi. 

 

Ekspertiza natijasiga ko‘ra, ov quroli foydalanishga yaroqsiz ekani aniqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘z uyida giyohvand modda va qurol saqlagan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Munojat Valiyeva

Jizzaxda molxona devori oralig‘idan tarixiy miltiq topildi | Zamon.uz