O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Janubiy Koreya matbuotida chop etildi

O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Koreya Respublikasi ijtimoiy-siyosiy, tahlil va ishbilarmon doiralari hamda ommaviy axborot  vositalarida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Janubiy Koreya matbuotida chop etildi

 

 

Qayd etilishicha, mamlakatdagi nufuzli nashrlardan biri - «The Korea Post» jurnali o‘z sahifasida davlatimiz rahbarining ushbu nufuzli tashkilot sessiyasidagi nutqining to‘liq matnini ingliz tilida chop etdi. Bundan tashqari, jurnalning ushbu sonida O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida ilgari surgan muhim tashabbuslarini o‘zida aks ettirgan maqola ham eʼlon qilingan.

 

Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston rahbari o‘z videomurojaatida yangi sharoitlarda BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalarining ahamiyati va o‘rni tobora ortib borayotganini qayd etib, xalqaro hamjamiyat eʼtiborini dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga transmilliy tahdidlar tobora kuchayayotganiga, iqlim jadal o‘zgarayotganiga, ommaviy migratsiya oqimlari ko‘payayotganiga, anʼanaviy qadriyatlar zavol topayotganiga qaratdi.

 

Taʼkidlanishicha, jahon taqdiri bilan bog‘liq ushbu muhim jarayonlarda aynan BMT o‘zining yetakchilik rolini yangi mazmun va sifat bilan davom ettirishi zarurligini qayd etgan O‘zbekiston yetakchisi tashkilot Bosh kotibining xalqaro munosabatlar tizimida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash, tashkilot faoliyatining samaradorligini va shaffofligini oshirishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

«Shavkat Mirziyoyev BMTning «hech kimni eʼtiborsiz qoldirmaslik», degan tamoyil asosida vaksinalardan teng va adolatli foydalanish imkoniyatini yaratishga doir saʼy-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatladi», - deb yozadi «The Korea Post».

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston" gazetasiga bergan intervyusi matni «El Mundo Financiero» xalqaro internet-nashrida ispan tilida chop etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.