71-Kann xalqaro kinofestivali nominatsiyasi g‘olibasi Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi
Taxminlarga ko‘ra, bu yil Toshkentning "Ipak yo‘li gavhari" xalqaro kinofestivaliga dunyoning 37 mamlakatidan taniqli xorijlik aktyor va aktrisalar tashrif buyurishi kutilmoqda.


Ular orasida qozog‘istonlik kinoijodkorlar ham bor. Bu ikki qardosh xalqning san’ati, madaniyati va urf-odatlari bir-biriga azaldan juda yaqin. Jumladan, "Ahmad Yassaviy" hujjatli filmida buni yaqqol ko‘rish mumkin. Mazkur film o‘zbek va qozoq kinoijodkorlari bilan birgalikda suratga olingan.
Kinofestivalga Qozog‘iston Respublikasi xalq artisti Nurjuman Ixtimboyev, taniqli aktrisa A.Jazilbekova hamda 71-Kann xalqaro kinofestivalining "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasi g‘olibasi S.Eslyamova kelishi kutilmoqda.
Festivalda qozog‘istonlik rejissyorlarning "Muzbalak", "Kultegin", "Amre", "Sen uchun", "Omonat", shuningdek, Akan Satayevning "Onalik yo‘li" filmlari namoyish etiladi. Bundan tashqari, "Jahon kino kunlari" doirasida Asel Iris yosh kinoijodkorlar uchun "Kino ta’limi" mahorat darsini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turk kinosi ham kinofestivalida faol namoyish etilishi, kinofestival g‘oliblariga topshiriladigan nominasiyalar ochiqlangani hamda unda mashhur rejissyor ishtirok etishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







