Sport

O‘FA kongressida Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatov qayta saylandi

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hisobot-saylov kongressi bo‘lib o‘tdi.

O‘FA kongressida Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatov qayta saylandi

 

 

Unda dastlab O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Avaz Maksumov assotsiatsiyaning so‘nggi yillardagi faoliyati haqida hisobot berdi.

 

Hisobot-saylov kongressi raisi Habibulla Mirzaxanov  45 ta aʼzo tashkilot O‘FA prezidenti lavozimiga Abdusalom Azizov nomzodini ilgari surgani, 42 ta aʼzo tashkilot esa O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodini ko‘rsatganini maʼlum qildi. Shundan so‘ng, ularning nomzodi ovozga qo‘yilib, qayta saylandi. Bundan tashqari, kongressda O‘FA ijroiya qo‘mitasi aʼzoligiga 9 nafar nomzod ham tasdiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Surxon” klubida sodir bo‘lgan vaqealarga O‘FA bayonot bergani haqida xabar bergan edik.

 

 

Jamshidbek Amirov

O‘FA kongressida Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatov qayta saylandi | Zamon.uz