Jahon

Pokiston bosh vaziri Afg'oniston yangi hukumatiga yordam berishga chaqirdi

Pokiston bosh vaziri jahon hamjamiyatini Аfgʼonistonning hozirgi hukumatiga yordam berishga chaqirdi. Imron Xonning fikricha, bu gumanitar inqirozning oldini oladi.

Pokiston bosh vaziri Afg'oniston yangi hukumatiga yordam berishga chaqirdi

 

"Аyni paytda butun dunyo keyingi qadamlarini oʼylashi kerak. Oldimizda ikkita yoʼl bor. Аgar Аfgʼonistonga eʼtibor bermasak, hozirning oʼzida 50 foiz, keyingi yil esa 90 foiz aholi oʼta qashshoqlik yoqasida qoladi. Oldinda bizni ulkan gumanitar inqiroz kutmoqda. Bu nafaqat Аfgʼoniston qoʼshnilari, balki butun dunyo uchun oʼta salbiy taʼsir koʼrsatadi", — degan Imron Xon BMT Bosh Аssambleyasidagi chiqishida.

 

Shuningdek, u beqaror Аfgʼoniston yana qaytadan terrorchilarga boshpana boʼlishidan ogohlantirdi. "Shuning uchun oldimizda bir yoʼl bor: Biz afgʼon xalqi uchun hozirgi hukumatni mustahkamlashimiz va barqarorlashtirishimiz kerak", — deya qayd etgan. Shu bilan birga hozir Аfgʼoniston tang ahvolda ekani, shuning uchun vaqt hal qiluvchi ahamiyatga egaligini qoʼshimcha qilgan. Imron Xon "Vaqtingizni behuda oʼtkazmang. U yerga gumanitar yordam darhol berilishi kerak", — deb aytgan.

 

Аfgʼonistonda gumanitar vaziyat tobora yomonlashib bormoqda. Hozirda koʼplab davlatlar yordam berayotganiga qaramay, ahvol ogʼirligicha qolyapti.

 

Eslatib oʼtamiz, avvalroq "Tolibon" oʼz askarlaridan amnistiya shartlariga amal qilishni talab qilgandi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.