Jamiyat

Tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir boʼldi

Joriy yilning 22 sentyabr kuni tungi soat 20:45 larda Shayxontohur tumanidagi "Nurafshon" va "M.Uygʼur" koʼchalari kesishgan chorrahada D.E. boshqaruvidagi "GAZ-330210" rusumli yuk avtomobili hamda M.E. boshqaruvida boʼlgan "HYUNDAI" rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida toʼqnashuv sodir boʼldi.

Tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir boʼldi

Bu xaqda Ichki ishlar vazirligi Yoʼl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi axborot xizmati rasmiy sahifasida xabar berildi. 
Toʼqnashuv natijasida tan jarohati olganlar yoʼq. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, avvalroq Navoiyda haydovchining eʼtiborsizligi tufayli 75 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar berilgandi. 

Munojat Valiyeva

Tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir boʼldi | Zamon.uz