Uchtepa tumanida kuppa-kunduzi o‘g‘irlik sodir etildi
Joriy yilning 24-sentabr kuni soat 15-30da Uchtepa tumanida nomaʼlum shaxs 36 yoshli D. D. ga tegishli bo‘lgan olti million besh yuz so‘mlik velosipedni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIB matbuot xizmati Nilufar Isaxanova Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.


Mazkur holat yuzasidan D.D. Uchtepa tumani ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Uning murojaati asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, yaʼni o‘g‘irlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida o‘g‘irlik sodir etishda gumonlanuvchi 38 yoshli A.Yu. qo‘lga olindi.
Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Toshkentda 3 nafar nomaʼlum shaxs dorixona sotuvchisiga pichoq bilan tahdid qilib, 15 million so‘mni o‘marib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Munojat Valiyeva







