Jahon

Belgiyada Afg‘oniston elchixonasi egallab olindi

Bryusselda “Tolibon”ga qarshi bir guruh shaxslar Afg‘oniston elchixonasini egallab oldi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.

Belgiyada Afg‘oniston elchixonasi egallab olindi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, 4 nafar afg‘onistonlik – uch erkak va bir ayol  Afg‘oniston elchixonasini ikki soat davomida egallab turdi. Bundan ko‘zlangan maqsad – Belgiya hukumatining toliblar hukumatini tan olmaslikka chaqirish bo‘lgan.

 

Voqea ishtirokchilari Twitter orqali murojaat yo‘llab, ushbu norozilik aksiyasi tinch xarakterga ega ekanini maʼlum qilgan. Ular shu orqali “Tolibon”ni afg‘on xalqining qonuniy vakili emasligiga eʼtibor qaratishga harakat qilgan. “Afg‘onistonda qonuniy hukumat bo‘lmas ekan, biz toliblarning o‘tish hukumatini tan olmaymiz”, – degan ishtirokchilar.

 

Ular mahalliy vaqt bilan 04:30 da elchixonaga bostirib kirgan va 06:30 da mahalliy politsiya tomonidan olib chiqilgan.

 

Bundan avval “Tolibon” BMT sessiyasida ishtirok etmoqchi bo‘lgani va yuzlab afg‘on diplomatlari taqdiri nomaʼlumligicha qolayotgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Quvayt mamlakatdagi yagona Eron maktabini yopdi

Rasmiy sabab ochiqlanmagan bo‘lsa-da, qaror mintaqadagi keskin geosiyosiy vaziyat fonida qabul qilingani qayd etilmoqda.

custom img

Yevropadagi jazirama iqtisodiyotga 800 milliard yevrogacha zarar yetkazishi mumkin

Eng yirik moliyaviy yo‘qotishlar Fransiyada kuzatilishi mumkin.

custom img

Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinmoqda

Olga Stefanishina qariyb 310 ming dollarlik mol-mulkni yashirganlikda va noqonuniy boylik orttirganlikda gumonlanmoqda. Diplomat ayblovlarni rad etgan.

custom img

Rossiyada xorijliklar soni bir yilda 8,6 foizga kamaydi

Noqonuniy migrantlar ustidan nazorat kuchaytirilib, 850 mingdan ortiq kishi maxsus reyestrga kiritilgan.

custom img

Tramp Vensni o‘z vorisi sifatida ko‘rmoqda — WP

Tramp shu paytgacha omma oldida Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida aniq tanlov qilmagandi.

custom img

Wildberries omborlarining bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin

Shuningdek, kompaniya uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarning bir qismini Belarus, Qozog‘istondagi omborlarga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

custom img

Shimoliy Koreya qisqa masofali ballistik raketa uchirdi

Janubiy Koreya va Yaponiya harbiylari sinovni qayd etib, vaziyatni kuzatishni kuchaytirdi.

custom img

Shimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainadagi urushida ishtirokini kengaytirmoqda

Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan ballistik raketa bo‘linmalarini ham Rossiya hududiga yuborishni boshlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"