Jamiyat

Bugun respublika hududiga salqin havo tarqaladi

“O‘zgidromet” bugun 27-sentabr kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Bugun respublika hududiga salqin havo tarqaladi

 

 

Maʼlum qilinishicha, 27-sentabrda kunduz kuni respublika hududiga Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo tarqaladi. 

 

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.

 

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi,  baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-25° bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, Toshkent viloyatining  tog‘li xududlarida baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-24° bo‘ladi.

Bugun respublika hududiga salqin havo tarqaladi | Zamon.uz