Jahon

Erdo‘g‘an: “Turkiya Afg‘onistonga inklyuziv hukumat tuzilgan taqdirdagina yordam beradi”

Erdo‘g‘an Turkiya qanday sharoitda Kobul aeroportini boshqarishini aytgan. Bu haqda u “CBS” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Erdo‘g‘an: “Turkiya Afg‘onistonga inklyuziv hukumat tuzilgan taqdirdagina yordam beradi”

 

 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara  hozircha Kobul aeroportini boshqarish yuzasidan toliblar bilan aniq kelishuvga erishmagan. Shu sababli, Turkiya aeroportni boshqarishda ishtirok etmayapti.  “Bularning barchasi ehtimoliy kelishuvlarga bog‘liq. Sababi biz bir-birimizni o‘zaro tushuna olsak, maʼlum ijobiy qadamlarni ko‘ra olsakkina qandaydir ishni amalga oshira olamiz”, — degan Turkiya yetakchisi.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Afg‘onistonda mavjud hukumat inklyuziv emasligiga eʼtibor qaratgan. Uning fikricha, hukumat barcha tomonlarni qamrab olmagan. “Bu holat davom etsa, biz Afg‘onistonda uzoq muddat qola olmaymiz. Ammo, aksincha, inklyuziv hukumat tuzilsa,  yordam berishga tayyormiz”, — deb qayd etgan  u.

“Tolibon” 7-sentabr kuni yangi hukumat tarkibini eʼlon qilgandi. Uning tarkibi to‘liq toliblardan iborat.

Аvvalroq Pokiston bosh vaziri Imron Xon dunyo hamjamiyatini Afg‘onistonga yordam berishga chaqirgani hamda  Panjsher qarshilik kuchlari Qori Fasihuddinga suiqasd uyushtirgani haqida xabar berilhandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"