Hind kino yulduzlari Toshkent xalqaro festivalida
“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivalida bir qator hind kinosi yulduzdari ham tashrif buyuradilar. Bollivud yulduzlari kinofestival doirasida Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida o‘tadigan hind kinosi kunlarida ishtirok etadilar.


Huma Qureshi 1986 yilda Dehli shahrida tug‘ilgan. 2008 yildan boshlab Mumbay kinosanoatida bir qator mashhur filmlardan takliflar olgan. Gangs of Wasseypur, Trishna, D-Day, Dedh Ishqiyya singari hind qilmlarida bosh rollarni ijro etgan.

Aditi Rao 1986 yilda Haydarobod shahrida tug‘ilgan. 2005 yildan tamil, telugu va malayalam tilidagi filmlarda rol ijro etishni boshlagan. “Dehli 6, “Padmavati”, “Rok yulduzi”, “Boss”, “Sohibjamol” singari hind filmlarida rol ijro etgan.

Kunad Kapur 1977 yilda Mumbay shahrida tug‘ilgan. 2000 yillardan bir qator Bollivud filmlarida rol ijro etishni boshlagan. “Sanjaypurga xush kelibsiz”, “Xet-Trik”, “Keling, raqsga tushamiz1”, “Farishtaaning yiqilishi”, “za’faron rangi” singari hind filbmlarida bosh rollarni ijro etgan. U o‘zbek kino muxlislariga “Don-2” filmidagi Samir Ali orbrazi orqali yaxshi tanish.

Boman Irani Kapur 1959 yilda Mumbay shahrida tug‘ilgan. 2000 yillardan bir qator Bollivud filmlarida rol ijro etishni boshlagan. “Vir va Zara”, “Uch savdoyi”, “Olmos va raqs”, “Don-2”, “Do‘stlar” singari hind filmlari orqali o‘zbek kino muxlislariga yaxshi tanish.

Randxir Kapur 1947 yilda Mumbay shahrida, hind kinosining afsonasi Raj Kapur xonadonida tug‘ilgan. 1970 yillardan boshlab, qator Bollivud filmlarida rol ijro etishni boshlagan. “Ikki xo‘jayin” “Vaqt daryosi”, “Qiyin tanlov”, “Ona”, “Super buvi”, “Sevimli ayolim uchun”, “Umid”, “Uy to‘la odam” singari filmlada rol ijro etgan.

Richa Chadda 1989 yilda Amritsar shahrida tug‘ilgan. 2000 yillardan boshlab, qator Bollivud filmlarida rol ijro etishni boshlagan. “ayol bosh vazir” “375-bo‘lim”, “Uch voqea”, “Men va Charlz”, “Bo‘r va latta”, “Bekorchilar”, “Ma’budlar biln suhbat”, “Bir o‘zing uchaver” singari filmlada rol ijro etgan.







