Jahon

Panjsher qarshilik kuchlari Qori Fasihuddinga qarshi “ov” boshladi

"Спутник Афганистан"ning maʼlumotlariga ko‘ra, Panjsher kuchlari toliblarning oliy harbiy rahbarlaridan biriga qarshi suiqasd uyushtirgan. Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i bo‘lgan Qori Fasihuddin Salang dovonida panjsherliklarning pistirmasiga duch kelgan.

Panjsher qarshilik kuchlari Qori Fasihuddinga qarshi “ov” boshladi

 

 

Qori Fasihuddin avvalroq Badaxshon viloyatiga, qo‘shinlar jangovar tayyorgarligini tekshirish uchun borgan edi. Badaxshondan qaytishda esa Afg‘oniston milliy qarshilik fronti (Panjsher qarshilik kuchlarining rasmiy nomi)ning pistirmasiga uchragan. Ammo Fasihuddinning o‘ziga shikast yetmagan.

 

Shu bilan birga unga hamrohlik qilganlardan biri halok bo‘lgan. Shuningdek, bosh shtab boshlig‘iga yaqin shaxslardan biri og‘ir yaralangan.

 

Ahmad Masʼud tarafdorlarining maʼlum qilishicha, bu hali boshlanishi. Qarshilik kuchlari "Tolibon" rahbariyatidagi asosiy shaxslarni yo‘q qilmoqchi.

 

"Sputnik Afganistan" panjsherliklarning Qori Fasihuddinga nisbatan shaxsiy adovati  borligini taxmin qildi. Sababi, Fasihuddin badaxshonlik tojik bo‘lib, Panjsher vodiysi egallanishi operatsiyasiga rahbarlik qilgan.

 

Bundan avval Ahmad Masʼud Kembrijdagi xalqaro konferensiyaga murojaat yo‘llagani xabar qilingandi. Shuningdek, toliblar afg'onistonlik imomlarni qiynoqqa solayotgani ma'lum bo'lgandi.

 

Жаҳонгир Қўзиев

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"