Jamiyat

Rossiyalik 29 yoshli fitnes-murabbiyi cho‘kayotgan qizni qutqaraman, deb o‘zi cho‘kib ketdi

Fojia Kosta-Blankada, ayni bo‘ron ko‘tarilgan paytda yuz bergan Ob-havoning yomonligiga qaramay, qizlardan biri dengizda suzishga qaror qilgan.

Rossiyalik 29 yoshli fitnes-murabbiyi cho‘kayotgan qizni qutqaraman, deb   o‘zi cho‘kib ketdi

Ammo kuchli to‘lqinlar sabab qirg‘oqqa chiqa olmagan. Holatni kuzatib turgan murabbiy qizni qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan va uni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq kutilmaganda katta to‘lqin kelib, ikkisini ham suv qariga tortib ketgan.

Videoni murabbiyning rafiqasi tasvirga olgan. Hatto, fojiadan bir necha soat oldin o‘zining shaxsiy Instagramida: "Shamol kuchli, to‘lqinlar kuchli, sakrash vaqti keldi", — deb izoh qoldirgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, ularning jasadlari bir necha kundan keyin qirg‘oqdan topilgan.

Avvalroq Rossiyadagi daryodan o‘zbekistonlik yigitning jasadi topilgani haqida xabar berilgandi. 

Munojat Valiyeva

Rossiyalik 29 yoshli fitnes-murabbiyi cho‘kayotgan qizni qutqaraman, deb o‘zi cho‘kib ketdi | Zamon.uz