Jahon

AQSH va Rossiya generallari Rossiyaning Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanish masalasini muhokama qildi

AQSH qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i Mark Milli o‘tgan hafta rossiyalik hamkasbi Valeriy Gerasimov bilan Rossiyaning Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanish masalasini ko‘targan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar bermoqda.

AQSH va Rossiya generallari Rossiyaning Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanish masalasini muhokama qildi

 

 

Gerasimov va Milli o‘tgan haftada Xelsinkida uchrashgandi. Ushbu tadbir davomida, shuningdek, harbiy faoliyat doirasida turli hodisalar sodir bo‘lishi masalasi muhokama qilingan.

 

Gerasimov AQSH generaliga hech qanday vaʼda bermagan. Yuqoridagi masalaning ko‘tarilishiga Jo Bayden adminstratsiyasining Afg‘onistonni kuzatib turish va mamlakatdan keladigan terror xavfini oldini olishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni izlayotgani sabab bo‘lgan.

 

Bundan avval ОАV Putin va Baydenning Jenevadagi uchrashuvida Rossiyaning Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanish masalasi ko‘tarilishi mumkinligini aytgandi. Ammo “The Wall Street Journal”ning maʼlumotlariga ko‘ra, Putin o‘shanda qo‘shni mamlakatlarga AQSH qo‘shinlarining joylashtirilishiga qarshi chiqqan. Rossiya Amerika harbiy bazalarining Markaziy Osiyoda bo‘lishini o‘zi va mintaqa  xavfsizligiga tahdid, deb biladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Vashington o‘tmishda mintaqada harbiy bazalarga ega bo‘lgan. Ammo 2005-yilda ular O‘zbekistonni, 2014-yilda Qirg‘izistonni tark etgan.

 

Avvalroq "Tolibon" Afg‘onistondagi ISHID jangari to‘g‘risida xabar bergandi. Shuningdek, harakat Rossiyani narkotrafikka qarshi kurashda hamkorlikka chaqirgandi. 

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"