Jamiyat

Samarqandda yo‘lni to‘sgan ayollar javobgarlikka tortildi

Samarqand tumanida M37 Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining  “Samarqand avtomobil halqa yo‘li” qismida yo‘lni to‘sib qo‘ygan va unda transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan bir guruh ayollar javobgarlikka tortilgan.

Samarqandda yo‘lni to‘sgan ayollar javobgarlikka tortildi

 

 

Viloyat IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2021-yil 26-sentabr kuni soat 12:10 larda, Samarqand tumani Yangiariq-1 mahallasi Chungul ko‘chasida yashovchi 13 nafar fuqaro mahalla xonadonlarida tabiiy gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, M37 Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining «Samarqand avtomobil halqa yo‘li» qismi 8-kilometrida yo‘lni to‘sib qo‘ygan va unda transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan.

 

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudiga yuborilgan.

 

   Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining 27-sentabr kunidagi qarori bilan yo‘l to‘sishda qatnashgan 13 nafar shaxs MJTKning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasida (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

 

Jumladan, huquqbuzarlikning ikki nafar tashkilotchisiga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi, qolgan 11 nafar huquqbuzarga jarima jazosi tayinlangan.

 

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Yangiariq-1 mahallasi 2015-yilda Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib, suyultirilgan gaz ballonlari yoqishga o‘tkazilgan. Ushbu mahallaga oxirgi marta Samarqand tumani gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan joriy yil 29 iyul kuni suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilgan.

 

  Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda aholidan o‘marilgan gaz qaytarilgani, qish mavsumida gaz tanqisligi yuz berishi mumkinligi xabar qilingandi.

 

 

                                                                            Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"