Jamiyat

"Toshkent xalqaro kinofestivali o‘zining avvalgi shuhratini yana qayta tiklaydi" — Stiven Sigal

Amerikalik mashhur kinoaktyor, kinorejissyor, prodyuser Stiven Sigal Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan XIII Xalqaro kinofestival haqida fikr bildirdi.

"Toshkent  xalqaro kinofestivali o‘zining avvalgi shuhratini yana qayta tiklaydi" — Stiven Sigal

 

Dunyoning turli mamlakatlaridagi kinematografistlar qatori mashhur va afsonaviy kinofestivalni qayta tiklanganligi uchun O‘zbekiston rahbariyatidan minnatdorman! Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan kinoning taniqli namoyondalari ishtirokidagi mazkur kinofestival juda katta miqyosli voqeaga aylanishiga ishonaman! 

 

Toshkent xalqaro kinofestivali do‘stona va ijodiy muloqotlarga boy bo‘ladigan maydon sifatida o‘zining avvalgi shuhratini yana qayta tiklaydi! Biz birgalikda unutilmas voqealarni guvohi bo‘lib, juda mazmunli kunlarni boshimizdan kechiramiz, degan umiddaman..

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

"Toshkent xalqaro kinofestivali o‘zining avvalgi shuhratini yana qayta tiklaydi" — Stiven Sigal | Zamon.uz