O'zbekiston

Yangi O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro-huquqiy asoslari — Hindiston matbuoti nigohida

Hindistonda chop etiladigan haftalik siyosiy-tahliliy nashrlaridan biri - “Political Events” jurnali sahifasida “Yangi O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro-huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda” sarlavhali maqola bosilib chiqdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Yangi O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro-huquqiy asoslari — Hindiston matbuoti nigohida

 

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i Komil Rashidov qalamiga mansub ushbu maqolaga mazkur jurnalning bosh muharriri Muhammad Ismail Xon so‘zboshi yozgan.

 

Maqola O‘zbekistonning ko‘plab davlatlar bilan ikki tomonlama xalqaro shartnomalari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning universal konvensiyalari ratifikatsiyalari Oliy Majlis va Prezident qarorlari asosida hayotga tadbiq etilayotgani haqidagi maʼlumotlar bilan boshlangan.

 

Unda, jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida davlat tomonidan yaqin va uzoq xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni yana-da mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan tashqi siyosiy faoliyat dunyo hamjamiyati tomonidan alohida eʼtirof etilib, xalqaro maydonda O‘zbekiston tomonidan bildirilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanayotgani qalamga olingan. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan mintaqaviy va global muammolar yechimi bo‘yicha xalqaro tashabbuslar asosida BMT Bosh Assambleyasining 4 ta maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi”, - deb yozadi muallif.

 

Taʼkidlanishicha, maqolada O‘zbekiston Respublikasining shartnomaviy-huquqiy bazasini 4 ming 200 dan ortiq hujjat tashkil etib, ulardan 500 ga yaqini universal va mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalardan iborat ekanligi, 3 ming 700 dan ortig‘i esa ikki tomonlama xalqaro hujjatlar hisoblanishi ham jurnalxonlarning eʼtiboriga havola qilingan.

 

Shuningdek, nashr so‘nggi besh yil davomida O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 781 ta xalqaro hujjatni imzolaganiga, O‘zbekistonning 26 ta universal xalqaro shartnomalarning aʼzosiga aylanganiga ham eʼtibor qaratgan. Unda “ushbu xalqaro shartnomalar asosan investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, soliq, mehnat, transport, energetika, atrof-muhitni muhofaza qilish, huquqiy yordam ko‘rsatish, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarga taalluqli” ekanligi qayd etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Janubiy Koreya matbuoti, O‘zbekiston istiqlolining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumentining tantanali ochilishi haqidagi maqola «The Korea Post» jurnali sahifalarida hamda  davlatimiz rahbarining "Yangi O‘zbekiston" gazetasiga bergan intervyusi matni «El Mundo Financiero» xalqaro internet-nashrida ispan tilida chop etilgani haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangi O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro-huquqiy asoslari — Hindiston matbuoti nigohida | Zamon.uz