Jon Jons: “Alkogoldan butkul voz kechaman”
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons o‘zining hibsga olinishi haqida fikr bildirdi:


“Menda spirtli ichimliklar ichish bilan bog‘liq juda ko‘p muammo bor. Ichsam miyam o‘zini boshqara olmaydi. Bundan keyin alkogoldan butkul voz kechaman. Buni hayotimdagi eng to‘g‘ri qaror, deb hisoblayman. Har qachongidan ham yaxshiroq ishlash vaqti keldi”.
Jons bir necha kun oldin oilaviy zo‘ravonlikda gumon qilinib hibsga olingandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Jons og‘ir vazn toifasiga o‘tishni eʼlon qilgandi. Ammo o‘shandan beri u hech qanday jang o‘tkazmagan. Jons deyarli ikki yildan beri hech qanday jang o‘tkazmayapti. Amerikalik jangchi og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Nganno bilan jang qilishi kerak edi. UFC prezidenti Dana Uayt Jonsning navbatdagi jangi 2022-yilgacha bo‘lgan muddatga rejalashtirilgan, deb aytgan.
Avvalroq O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasining yangi vitse-prezidenti saylangani va Aleksandr Usik Ilon Maskka sovg‘a taqdim etgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







