Jamiyat

O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

30-sentabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktabrda respublikaning qolgan hududlariga Volgabo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

 

 

Maʼlum qilinishicha,  1-3 oktabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.

 

1-2 oktabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda, 3 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

 

30-sentabrda va 1-2 oktabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda | Zamon.uz