"Elektron kuzatuv maskanlari" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Vazirlar Mahkamasining "Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.


Fuqarolarning mulkiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida barpo etilgan ayrim "Jamoatchilik nazorati maskanlari"ni eksperiment tariqasida videokameralar o‘rnatish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga beriladi.
Ular negizida "Elektron kuzatuv maskanlari" faoliyati tashkil etiladi.
Qaror bilan shuningdek quyidagilar:
"Elektron kuzatuv maskanlari" faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida beriladigan "Jamoatchilik nazorati maskanlari" ro‘yxati;
"Jamoatchilik nazorati maskanlari"ni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olishga qo‘yiladigan minimal talablar va takliflarni baholash mezonlari tasdiqlandi.
Avvalroq endi jazo muddatini o‘taganlar ham farzand asrab olishlari mumkinligi, strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifalari belgilangani, BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgani hamda shartnomaviy munosabatlar tubdan takomillashtirilishi haqida xabar berilgandi.







